Isroil mudofaa armiyasi Suriyaning Damashq shahridagi prezident saroyi yaqinidagi nishonga zarba berdi.
Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mamlakat mudofaa vaziri Israel Katsning qo‘shma bayonotida aytiladi.
"Bu Suriya rejimiga aniq signal. Biz Damashqdan janubga qo‘shin yuborishga yoki druzlar jamoasiga tahdid solishga yo‘l qo‘ymaymiz," - deya bayonot matnini keltiradi The Times of Israel.