Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Do‘rmon MFYda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Hududda joylashgan 3 ta xonadon yongan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 19:33 da o‘rab olinib, soat 20:10 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida bir biriga tutush kurilgan 3 ta xonadonning taxminan 415 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
“Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, yong‘inni bartaraf etishga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekiraji va 2 ta yordamchi suv tashishga mo‘ljallangan texnika jalb etilgan.