Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qatar terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Qatar terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Xulen Lopetegi boshchiligidagi Qatar terma jamoasi Toshkent shahriga yetib keldi.

Xabaringiz bor, 10 iyun sanasida JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Qatar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. BAA safaridan qaytgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Amaldagi Osiyo chempionlari esa bir necha soat avval Toshkentga yetib keldi.

Qatar terma jamoasi safida ikki nafar o‘zgarish ro‘y berdi. "Al Vakra"ning yosh himoyachisi Nabil Yerfan va "Al Duhayl" himoyachisi Mohammed Ayash bosh murabbiy Xulen Lopetegi tomonidan terma jamoaga chaqirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Qatar uchrashuvi 10 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida soat 18:45 boshlanadi.

Kiritildi: 23:40 08.06.2025. O'qildi: 997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!