Qatar davlati AQShga o‘z hududidan Eronga qarshi harbiy hujumlar uyushtirish uchun foydalanishga ruxsat bermagan. Bu haqda Qatar Tashqi ishlar vazirligining davlat vaziri Muhammad al-Xulayfiy Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Qatar hududi boshqa davlatlarga qarshi harbiy harakatlar uchun ishlatilishiga rozi emas.
Shuningdek, 11 mart kuni Dubay va Doxa osmonida bir necha kuchli portlashlar kuzatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarning havo mudofaa tizimlari ishlashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.