Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Qasoskor ota: “Allohga qasam, bolalarimning qasosini olaman!”

Qasoskor ota: “Allohga qasam, bolalarimning qasosini olaman!”

"Bolalarimga non qidirib chiqib ketdim. Birdan hammayoq gumburlab, chang ichida qoldi. Halloslab orqaga qarab yugurdim. Qichqiriqlardan qulog‘im bitib qoldi. 

Ne ko‘z bilan ko‘rayki, uyim yer bilan bitta ahvolda edi. Ko‘zim tinib, oilamni qidirishni boshladim. O‘g‘lim Abu Bakrni ko‘rdim, u o‘lgan edi. 

"Dod", deb boshqa farzandlarimni qidirishga tushdim. Katta qizim Layloni beton tagiga qisilib yotganini ko‘rdim-da, jon holatda chiqarib olishga harakat qildim.

Bilsam, u ham jon taslim qilib bo‘lgan ekan. 

Ko‘zim qorong‘ulashib, nafasim tiqilib qolgan edi. Ayolimning oyog‘ini ko‘rdim. Qimir etmasdi. Chinqirib yubordim. Jondan ortiq ko‘rgan oilam bir zumda meni tark etgan edilar. 

Qulog‘imga ingragan ovoz eshitildi. Tipirchilab qayerdan kelayotganiga e’tibor qildim. Kichik o‘g‘lim Umarning qo‘li. "O‘g‘lim! O‘g‘lim, tirikmisan ", dedim yig‘lab. Qalbimda umid uyg‘ongan edi. 

Uni tosh, betonlar tagidan tortib olishga harakat qila boshladim. Ustidagi yukni olib otish oson kechmadi. Uni qo‘limga oldim. U tirik edi. Yuzini yuzimga bosdim. 

O‘g‘lim dedi: "Ota, siz yig‘lamang! Biz albatta jannatda ko‘rishamiz! O‘zingiz aytar edingiz-ku: "Jannatda maza qilib yashaymiz", deb ".  

“Yo‘q, o‘g‘lim, iltimos, sen ham tashlab ketma otangni! ", dedim dodlab. 

U zo‘rg‘a jilmaydi. Osmonga qaradi. 

"Ota, men jannatni ko‘rmoqdaman! U naqadar go‘zal joy ekan. Men u yerni sog‘indim. U yerga tezroq ketishni hohlayman!" dedi ohista. 

Men uni quchoqlab, bag‘rimga qattiq bosdim. O‘kirib-o‘kirib yig‘ladim. Uni bag‘rimdan bo‘shatganimda esa, u tinib qolgan edi. 

Ko‘zlari ochiq, jilmaygancha osmonga qarab qotib qolgan edi. 

Men oilamga va’da berdim. Begunoh o‘lib ketgan qancha-qancha bolalarga va’da berdim. Men qasos olaman! Oilam uchun, mo‘minlar uchun qasos olaman! Zolimlarni yer tishlatmasdan ketmayman. Men Alloh oldida va’da beraman!”

Kiritildi: 08:59 09.01.2020. O'qildi: 6093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!