Donald Tramp 10 martdan beri Eron bilan sulh tuzish imkoniyatlarini izlamoqda. Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondon o‘rinbosari Ali Fadaviy ma’lum qildi.
Fadaviyning ta’kidlashicha, bu holat Eron tomonidan ko‘rsatilayotgan bosim bilan bog‘liq.
U shunday dedi:
“Nega? Biz tomonimizdan unga ko‘rsatilayotgan bosim sababli. Agar dushman urushda g‘alaba qozonganida, butun dunyo bo‘ylab sulh e’lon qilish uchun vositachilar izlamagan bo‘lardi”.