Bekobodda maktab o‘quvchisi pichoqlandi va vafot etdi. Bosh prokuratura hodisa bo‘yicha bayonot berdi.
2026 yil 5 mart kuni Bekobod shahrida bir necha voyaga yetmagan shaxslar o‘rtasida kelib chiqqan og‘zaki janjal davomida ulardan biri oshxona pichog‘i bilan jabrlanuvchining o‘ng va chap ko‘krak qismlariga jarohat yetkazgan.
Jabrlanuvchi tibbiyot muassasasiga olib borilgan bo‘lsa-da, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jabrlanuvchiga pichoq bilan tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan voyaga yetmagan shaxs prosessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.