Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Turkiyada 46 yoshli samarqandlik ayol o‘ldirilgan. 4 kishi qo‘lga olingan

Turkiyada 46 yoshli samarqandlik ayol o‘ldirilgan. 4 kishi qo‘lga olingan

Joriy yilning 6 mart kuni Turkiya hududida o‘ldirilgan va ma’lum vaqt davomida qidiruvda bo‘lgan, asli samarqandlik 46 yoshli Dilafruz Chulliyevaning jasadi O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ko‘magida O‘zbekistonga qaytarildi.

Ma’lum qilinishicha, Dilafruz Chulliyeva 2026 yil 25 yanvar kuni Turkiyaning Balikesir hududidagi ish joyidan noma’lum tomonga chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan. Shu munosabat bilan uning o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaatdan so‘ng, O‘zbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga tegishli nota yuborildi hamda Turkiya Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda qidiruv ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Anqaradagi Elchixona va Istanbuldagi Bosh konsulxona, diaspora tashkilotlari, advokatlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan qidiruv ishlari olib borildi.
2026 yil 28 fevral kuni Balikesir tumanidagi o‘rmon hududidan shaxsi noma’lum jasad topildi.

Jasad uzoq vaqt davomida qolib ketganligi sababli tashqi ko‘rinishidan aniqlash imkoni bo‘lmagan. Shu bois topilgan jasad va marhumaning o‘g‘lidan qon namunalarini olish orqali tibbiy solishtiruv (DNA) tekshiruvlari o‘tkazildi va jasad Dilafruz Chulliyevaga tegishli ekani tasdiqlandi.

Mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olingan bo‘lib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:49. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!