Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Suriya kurdlari eronlik kurdlarni AQSh bilan hamkorlik qilishdan ogohlantirdi

Suriya kurdlari eronlik kurdlarni AQSh bilan hamkorlik qilishdan ogohlantirdi

Reuters agentligining xabar berishicha, so‘nggi kunlarda Iroq shimolida joylashgan eronlik kurd ko‘ngillilari AQSh bilan hamkorlik masalasini muhokama qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, ular Eron g‘arbidagi xavfsizlik kuchlariga qarshi harakatlar bo‘yicha maslahatlashmoqda.

Biroq Suriya kurdlari eronlik kurdlarni bunday hamkorlikka ehtiyotkorlik bilan yondashishga chaqirmoqda. Ularning aytishicha, agar Vashington va Tehron o‘rtasida kelishuv yuzaga kelsa, kurd guruhlari siyosiy savdolashuv qurboniga aylanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar oyida Suriyadagi yangi hukumat kurd kuchlariga qarshi harbiy amaliyot boshlagan edi. Bu to‘qnashuvlar natijasida kurdlar nazorat qilayotgan hududlar sezilarli darajada qisqardi. Avvalroq Suriya kurdlari xavfsizlik masalalarida asosan AQSh yordamiga tayanadigan edi, ammo bu safar Qo‘shma Shtatlar ularni qo‘llab-quvvatlash uchun faol harakat qilmagani aytilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:20. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!