Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlik va pora berishda gumonlanib qamoqqa olindi

A A A
Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlik va pora berishda gumonlanib qamoqqa olindi

YouTube videoxostingida «Sirojiddin Media» nomi bilan faoliyat yurituvchi bloger Sirojiddin Odilov hibsga olindi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat IIB axborotiga ko‘ra, blogerning ustidan Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida yashovchi 65 yoshli fuqaro ariza bilan murojaat qilgan.

“U 2024 yil avgustida Toshkent shahrida yashovchi Sirojiddin Odilovga, boshqa shaxs bilan o‘rtalaridagi moliyaviy masalani hal qilib berishini so‘rab murojaat qilgan vaqtida, Odilov vakolatli shaxs bo‘lmasa-da, jabrlanuvchidan ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga ma’lum miqdorda pulni olgani va hozirgi kunga qadar va’dasini bajarmasdan, aldab kelgani bois qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan”, deyiladi rasmiy axborotda.

Holat yuzasidan Sirojiddin Odilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, blogerga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Sirojiddin Odilov tarmoqlarda “Sirojiddin Media” nomi bilan tanilgan bo‘lib, uning YouTube’dagi sahifasida salkam 1 mln, Facebook’da 50 mingga yaqin, Instagram’da 30 mingdan ziyod obunachisi bor. U asosan huquqiy-ijtimoiy mavzularda chiqishlar qilib kelgan.

Kiritildi: Bugun 15:50. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!