Forbes 2026 yilning eng boy odamlari ro‘yxatini taqdim qildi. Unda Ilon Maskning boyligi 839 mlrd dollarga yetib, yetakchilikni mustahkamladi.
TOP 10 boy insondan 8 tasi AQShlik milliarderlar hisoblanadi. Ro‘yxatni texnologiya sohasi vakillari boshqarmoqda.
Bu safargi Forbes ro‘yxatida qo‘shni Qozog‘istonda 8 ta millarder o‘rin oldi. Nurlan Smagulov va Aydin Rahimbayev yangi milliarderlar sifatida qayd etilgan.
Rahimbayev Qozog‘istondagi Bi Group’ga egalik qiladi. Bu kompaniya Toshkentda ham bir nechta loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Dinara Kulibayeva Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarbayevning qizi bo‘lib, eri Timur Kulibayev bilan birga Halyk Bank’ning asosiy aksiyadori hisoblanadi.
Qozog‘istonning eng boy odami Vyacheslav Kim bo‘lib, u Kaspi fintex kompaniyasiga raislik qiladi.
2025 yilda O‘zbekiston nomidan Forbes ro‘yxatiga birinchi bo‘lib Alisher Usmonov kiritilgan edi. O‘shanda uning boyligi 16,7 mlrd dollar edi.
Yangi ro‘yxatda Usmonov 14,5 mlrd dollar bilan Rossiya nomidan ko‘rsatilgan.