Fransiya prezidenti Yevropa RFdan keladigan uranga bog‘liqligini tan olgan holda, uni boshqa davlatlar hisobiga to‘ldirish rejasini ma’lum qildi.
“Yaqinda biz Rossiyaga qaramligimiz davom etayotgani uchun bir qator faollar tomonidan tanqidga uchradik. Va uran masalasida bu haqiqat”, degan Makron Parijdagi yadro energetikasi bo‘yicha xalqaro sammit ochilishida.
Uran masalasida Rossiyaga qaramlikni kamaytirishda Yevropaga Mongoliya, Kanada va Avstraliya ham yordam berishi mumkinligi ta’kidlandi.