Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda mashina gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda mashina gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida harakatdagi mashinaning gaz balloni portladi. Hodisa haqida Qashqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 8 iyul kuni ertalab Muborak tumanining Quruvchilar mahallasi hududidan o‘tgan A-380 “Qarshi–Buxoro” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

54 yoshli haydovchi J.J. Nexia mashinasini Qarshi shahridan Buxoro viloyati tomon boshqarib ketayotganda avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballon portlagan. Oqibatda mashinada bo‘lganlardan biri voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, 2 kishi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Muborak tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:02 08.07.2026. O'qildi: 2352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!