Kitob tumanidan Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinovaning oilasi yaqinda 4 nafar go‘zal qizaloq bilan yanada kattalashdi. Endi bu xonadonda 9 nafar qizlar voyaga yetmoqda.
Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazining Qashqadaryo filialida kesarcha operasiya orqali dunyoga kelgan. Hozirda ular xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda.