Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda 350 million dollarga 100 kilometr yo‘l yangilanadi

Qashqadaryoda 350 million dollarga 100 kilometr yo‘l yangilanadi

Qashqadaryo viloyatida transport infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan yirik loyiha amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, A380 xalqaro avtomobil yo‘lining 100 kilometrlik qismi to‘liq rekonstruksiya qilinadi.

Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda bajariladigan ushbu ishlar uchun 350 million dollar yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Mas’ullarga loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini 2026 yil oxiriga qadar tayyorlash va 2027 yil yanvaridan qurilish ishlarini boshlash vazifasi yuklatildi.

Loyiha doirasida Qarshi shahri atrofidagi aylanma yo‘l yana 5,5 kilometrga uzaytirilib, A380 magistrali bilan bog‘lanadi.

Bundan tashqari, «Qarshi – Pomiq» va «G‘uzor – Beynau» yo‘nalishlaridagi temir yo‘l kesishmalarida ikkita yangi yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. Ularning qurilishiga jami 250 milliard so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 13:45 22.10.2026. O'qildi: 830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!