Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda 19 yil oldin qamalgan bojxona inspektori oqlandi

Qashqadaryoda 19 yil oldin qamalgan bojxona inspektori oqlandi

Qashqadaryoda 19 yil muqaddam qamalgan bojxona inspektori oqlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs Surxondaryo viloyatida bojxona boshqarmasining bojxona maskani katta inspektori lavozimida ishlagan.

Unga nisbatan bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, katta miqdordagi mandarin mahsulotlarini bojxona deklarasiyasida ko‘rsatmay, undirilishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlaridan qochishda xizmat mavqeyidan foydalanish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Sud tomonidan ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi hamda Qarshi shahar sudining 2006 yilda qabul qilingan hukm va ajrimi bekor qilindi. Joriy yilning 22 sentyabr kuni X.CH. oqlandi.

“Sud mening 19 yil kutgan orzumni amalga oshirdi. Men juda ham xursandman, bugun men uchun bayram”, degan fuqaro.

Kiritildi: 12:46 29.09.2025. O'qildi: 1173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!