Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda 14 yoshli qizni zo‘rlagan 4 yigit qamoqqa olindi

Qashqadaryoda 14 yoshli qizni zo‘rlagan 4 yigit qamoqqa olindi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida voyaga yetmagan qiz to‘rt nafar yigit tomonidan zo‘rlangani aniqlandi. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov “Nemolchi.uz” so‘roviga javoban holat sodir bo‘lganini tasdiqladi.

Ma’lum qilishicha, 2026 yil 7 iyun kuni Yakkabog‘ tumanida 23, 22, 21 va 20 yoshli to‘rt nafar yigit 14 yoshli qizni Damas’ga mindirib, dalaga olib borib, zo‘rlagan. Voqea joyi Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ashyo va dalillar olib qo‘yilgan. Shuningdek, sudga oid tibbiy, biologik hamda psixologik ekspertizalar tayinlangan.

Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, ekspertizadan so‘ng, gumonlanuvchilarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi og‘irroq — JKning (118) “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish” moddasi bilan qayta malakalangan va ular qamoqqa olingan.

Hozirda jabrlanuvchiga psixologik hamda yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

Kiritildi: 13:26 01.07.2026. O'qildi: 8794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!