Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Qashqadaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tumani bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrisabz shahridagi “SH.Y.” oilaviy korxonasi rahbari E.M. yashash uyining yordamchi xo‘jaligida qo‘lbola juvoz uskunalarini o‘rnatib, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, tadbir jarayonida ushbu xonadondan 1,2 tonna yog‘, 2,5 tonna chigit va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jami 192,2 mln so‘mlik tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:37 24.03.2025. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!