Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi davlat mehnat huquq inspektori A.H. (muqaddam sudlangan) o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro N.H.ni Qarshi shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filialiga orastabon vazifasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 200 AQSh dollari va 3,3 mln so‘mning qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.