Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i koronavirusdan vafot etdi

Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i koronavirusdan vafot etdi

Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Azizov Sirojiddin Olmasovich 23 sentyabr kuni koronavirusga chalinish oqibatida 45 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, S.Azizov viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida ham foliyat ko‘rsatgan. Joriy yil 27 aprel kuni respublikamiz hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan bir paytda vohalik quruvchi-ustalar bilan Buxoro tomon yordamga shoshilgan edi. Shuningdek, "Sardoba" suv omboridagi toshqindan jabr ko‘rgan hududga ham o‘z vaqtida yetib borib, qurilish-ta’mirlash ishlariga ko‘maklashgan edi.

"Aniq.uz" tahririyati marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.

Kiritildi: 11:46 24.09.2020. O'qildi: 2645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!