Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bog‘chada bolasi zo‘rlanishi ishi bo‘yicha tergovni Bosh prokuror shaxsan o‘z nazoratiga oldi

Bog‘chada bolasi zo‘rlanishi ishi bo‘yicha tergovni Bosh prokuror shaxsan o‘z nazoratiga oldi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining rasmiy bayonotiga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasida voyaga yetmagan shaxs zo‘rlangani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 118 (Nomusga tegish) va 112-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda bir nafar gumonlanuvchi shaxs qamoqqa olingan.

Mazkur jinoyat ishi Namangan viloyati prokuraturasining ish yurituviga o‘tkazilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Prokuratura jinoyatni yashirishga uringan yoki harakatsizlik qilgan har bir mas’ul shaxsning faoliyatiga qonuniy chora ko‘rilishi hamda jabrlanuvchining manfaatlari to‘liq himoya qilinishini ma’lum qildi

Kiritildi: Bugun 14:07. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!