Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva:
Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuz berganidan beri Ijtimoiy himoya milliy agentligi vaziyatni nazorat qilib kelmoqda. Ilk kunlardan mutaxassislarimiz va psixologlar qizaloq bilan, uning onasi bilan ishlamoqda. Bu og‘ir damda oilaga barcha zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Oila boshqa shaharga ko‘chib o‘tadi, uy-joy va zarur reabilitasiya bilan ta’minlanadi. Oilaga to‘liq ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi, xususan, qizaloqning onasi o‘qish va ishga joylashishiga yordam beriladi. Zarur bo‘lsa, familiyasini o‘zgartirishga ham ko‘maklashiladi. Eng muhimi, bolajon va uning yaqinlari xavfsiz joyda yangi hayot boshlashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
Prezident Administrasiyasi bu masalani alohida nazoratga olgan. Barcha mas’ul idoralar ilk kunlardanoq ishga jalb qilingan.
Mazkur jinoyat aslo jazosiz qolmaydi!