Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina qo‘shinlari Doneskda rossiyalik harbiylarga qarshi ilk bor kamikadze-robotlarni qo‘lladi

Ukraina qo‘shinlari Doneskda rossiyalik harbiylarga qarshi ilk bor kamikadze-robotlarni qo‘lladi

Ukraina Qurolli kuchlarining ma’lum qilishicha, dronlar birinchi marta yer usti kamikadze-robotlarini Rossiya qo‘shinlari nazoratidagi hududning 10 kilometrdan ortiq ichkarisiga yetkazib berdi. Ushbu amaliyot “Vivaldi” deb nomlandi va dunyoda bunday taktika qo‘llangan ilk holat hisoblanadi.

Kameralar o‘rnatilgan robotlar belgilangan hududga tushirilgandan so‘ng, Rossiya pozisiyalari bo‘ylab mustaqil ravishda harakatlanib, nishonlarni qidirdi. Ukraina Qurolli kuchlari 3-armiya korpusi qo‘mondoni Andrey Bileskiyning ma’lum qilishicha, amaliyotning ikkinchi bosqichini o‘zida 800 dan ortiq rossiyalik harbiylar yo‘q qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaradorlar va asirlarni qo‘shib hisoblaganda Rossiyaning umumiy talafotlari 3000 kishidan oshgan.

Mazkur amaliyotda “Grifon” deb nomlangan tizimlar ishtirok etdi. Ukraina tomonining ta’kidlashicha, robotlar ukrainalik harbiylardan oldinda harakatlangan va eng xavfli vazifalarni insonlar o‘rniga bajarib, hujumni boshlab bergan.

Bileskiyning aytishicha, so‘nggi haftalar yakuniga ko‘ra, Ukraina kuchlari 125 kvadrat kilometrdan ortiq hududni ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, Donesk viloyatining Liman hududida Srednee, Derilovo va Shandrigolovo aholi punktlari ham ozod qilingan.

Kiritildi: Bugun 13:42. O'qildi: 961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!