Bugun 12 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

«Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi» — Saida Mirziyoyeva

«Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi» — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Uchqo‘rg‘onda yuz bergan fojia haqida fikr bildirdi.

"Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Bo‘lgan voqeani eshitib, g‘azabim ichimga sig‘may ketdi.

Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun aslida o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Lekin, ming afsuski, amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan.

Tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berildi.Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yo‘l ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha mas’ullar ham jazolanadi.

Shu bilan birga, bu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz", deb yozadi u.

Kiritildi: 12:22 27.09.2026. O'qildi: 4151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik