Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

«Qarabog‘» futbolchisi Yevrokuboklar tarixiga kirdi — undan avval hech kim bu ishni amalga oshirmagan

«Qarabog‘» futbolchisi Yevrokuboklar tarixiga kirdi — undan avval hech kim bu ishni amalga oshirmagan

22 oktyabr kuni «Qarabog‘» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turida safarda Bilbaodan «Atletik» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlandi.

«Qarabog‘» hisobni 1-daqiqadasidayoq ochdi — Ozarboyjon klubi yarim himoyachisi Leandru Andrade gol muallifi bo‘ldi.

Opta agentligi xabariga ko‘ra, Andrade Yevrokuboklar tarixida turli uchrashuvlarda 1-daqiqada gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. U bunday natijaga ilk bor 2023 yil dekabr oyida «Hekken» darvozasiga, so‘ng 2025 yil yanvar oyida FKSB (sobiq «Styaua») darvozasiga to‘p kiritgan edi.

Kiritildi: 09:34 23.10.2025. O'qildi: 1350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!