Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Kamchibek Tashiyev hokimiyatni kuch bilan egallashga urinishda aybdor deb topildi.
Bishkekning Birinchi may tuman sudi ushbu ish bo‘yicha Tashiyev va yana 7 nafar ayblanuvchiga 4 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosini hamda mol-mulkni musodara qilish hukmini chiqardi. Biroq sud qamoq jazosini 3 yillik probasiya nazorati bilan almashtirdi.
Agar mahkumlar probasiya shartlarini buzsa yoki yangi jinoyat sodir etsa, ular qamoq jazosini o‘tashi mumkin.
Bu ish «75 nafar shaxsning maktubi» nomi bilan tanilgan bo‘lib, unda bir guruh siyosatchilar va jamoat arboblari Qirg‘iziston prezidentini muddatidan oldin saylov o‘tkazishga chaqirgan bo‘lgan. Keyinchalik ushbu murojaatni imzolaganlarning ayrimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.