Qirg‘izistonda yopiq tarzda o‘tkazilgan sud “75 lar xati” ishi doirasida Qamchibek Tashiyev va uning sheriklariga hukmini e’lon qildi. Ish figurantlari orasida sobiq yuqori lavozimli amaldorlar va siyosatchilar ham bor.
Mazkur ish bo‘yicha quyidagilarga hukm o‘qildi:
Qamchibek Tashiyev – mol-mulki musodara qilingan holda to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilish;
Qurmankul Zulushev – mol-mulki musodara qilingan holda to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilish;
Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li – mol-mulki musodara qilingan holda to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilish;
Bekpo‘lat Talgarbekov, Ali Karashev, Emil Uzoqboyev, Kursan Asanov va Kurmanbek Diykanbayev aybsiz deb topildi.