Boshqa lavozimga o‘tayotgan Erkinjon Turdimov sirdaryoliklarga yo‘llagan xayrlashuv murojaatida ushbu zamin uning uchun naqadar qadrli ekanini ta’kidladi:
"Men boshqa viloyatda tug‘ilib o‘sgan bo‘lsam ham, mehnat faoliyatimni, katta hayot sari ilk qadamlarimni shu qutlug‘ zaminda boshlaganman. Qayerda, qaysi vazifada ishlasam ham, bu zaminni yanada obod qilish, sirdaryoliklarning turmush farovonligini yuksaltirishga hissa qo‘shishni o‘z burchim deb hisoblayman!"