Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Putinning samolyoti Ukraina dronlari tufayli Moskvaga qo‘na olmadi

Putinning samolyoti Ukraina dronlari tufayli Moskvaga qo‘na olmadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning samolyoti Turkmanistondan qaytishda Ukraina dronlarining hujumlari sababli Moskvaga qo‘na olmadi va Sankt-Peterburgga borishga majbur bo‘ldi. Bu haqda FlightRadar24 servisi ma’lumotlariga tayanib, The New York Times xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa kecha, 9 oktyabr kuni Rossiya poytaxtiga qilingan Ukraina dronlarining keng ko‘lamli hujumi paytida yuz bergan. Ushbu hujum davomida Moskvaning barcha aeroportlari faoliyati bir necha soatga to‘xtatilgan. Bu vaqtda shaharga bir nechta hukumat samolyotlari uchib kelgan bo‘lib, parvozlar haqidagi ma’lumotlardan ko‘rinishicha, ularning bortida Turkmanistondagi MDH sammitidan qaytayotgan Putin va uning yordamchilari bo‘lgan.

Kiritildi: 21:52 10.10.2026. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!