Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Andijon va Buxoroda 44,5 ming dollar valyutani noqonuniy olib chiqishga urinish holatlari aniqlandi

Andijon va Buxoroda 44,5 ming dollar valyutani noqonuniy olib chiqishga urinish holatlari aniqlandi

Andijon va Buxoro viloyatlarida xorijga jami 44,5 ming dollar naqd pulni belgilangan tartibni buzgan holda olib chiqishga urinishlar fosh etildi. Bu haqda bojxona organlari ma’lum qildi.

Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara bojxona postida bojxona xodimlari chegara vakillari bilan hamkorlikda Qirg‘izistonga yo‘l olgan Volvo rusumli transport vositasini tekshirdi.

Tekshiruv davomida haydovchining qo‘l sumkasi va kiyimining ichki cho‘ntagidan og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklarasiyadan o‘tkazilmagan 34 ming dollar naqd pul topildi.

Shunga o‘xshash holat Buxoro xalqaro aeroportida ham qayd etildi. «Buxoro — Vnukovo» aviareysi orqali xorijga uchmoqchi bo‘lgan fuqaro bojxona xodimining savoliga javoban o‘zida belgilangan me’yordan ortiq naqd valyuta yo‘qligini aytgan.

Biroq qo‘l yuki tekshirilganda, undan ruxsat etilgan me’yordan ortiq 10,5 ming dollar aniqlangan.

Hozirda Andijondagi holat yuzasidan surishtiruv, Buxorodagi voqea bo‘yicha esa tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslarga bojxona chegarasi orqali ekvivalenti 100 million so‘mga teng yoki undan kam bo‘lgan miqdordagi naqd valyutani olib chiqishga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 18:09 10.10.2026. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!