Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Rossiya dizel yoqilg‘isi eksportiga ruxsat berish orqali bir tomonlama yon berdimi?

AQSh Rossiya dizel yoqilg‘isi eksportiga ruxsat berish orqali bir tomonlama yon berdimi?

Rossiya dizel yoqilg‘isi eksporti orqali urushni moliyalashtirishda davom etishi mumkin.

Amerikaning Urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari fikricha, AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya dizel yoqilg‘isini jahon bozoriga yetkazib berishga ruxsat berishi Kremlga Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirishda davom etish imkonini beradi. Ekspertlar bahosiga ko‘ra, dizel eksportidan tushadigan daromadlar Rossiyaning harbiy xarajatlarini qoplashga xizmat qiladi.

ISW tahlilchilari, shuningdek, mazkur qaror Vashingtonning Moskva bilan muzokaralardagi mavqeini zaiflashtirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, AQSh Rossiya dizel yoqilg‘isi eksportiga ruxsat berish orqali bir tomonlama yon berishga borgan. Bunda Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar doirasida hech qanday muqobil qadam taklif qilmagani qayd etilgan.

9 oktyabr kuni Donald Tramp Vladimir Putin bilan Rossiya dizel yoqilg‘isi yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi kelishuvga erishganini ma’lum qilgan. Shu kuni AQSh Moliya vazirligi Rossiya dizel yoqilg‘isini jahon bozoriga yetkazib berishga ruxsat beruvchi vaqtinchalik lisenziyani taqdim etgan.

Trampning aytishicha, Rossiya yaqin vaqt ichida jahon bozoriga bir necha million tonna dizel yoqilg‘isi yetkazib berishi mumkin.

Kiritildi: 18:45 10.10.2026. O'qildi: 1109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!