AQSh rasmiylari Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatmasa, Ukrainani razvedka ma’lumotlaridan mahrum qilish bilan tahdid qilgan. Bu haqda Axios nashri Ukraina rasmiysiga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu masala Mayamida ikki mamlakat vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingan. Amerika tomoni Kiyevdan Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar berishni to‘xtatishni talab qilgan. Biroq, ayrim manbalar AQSh tomonidan bunday tahdid bo‘lganini rad etmoqda.
Axios ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaning Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarini Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga zarbalari bilan teng deb hisoblamaydi.
Nashr taxminiga ko‘ra, Kiyevning AQSh iltimoslarini bir necha bor inobatga olmagani Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan dizel yoqilg‘isi bo‘yicha kelishuv tuzish qaroriga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.