Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Serbiya rahbari Aleksandr Vuchich bilan muzokara o‘tkazmoqda. Orban va Siyyarto energetika xavfsizligi masalalarini muhokama qilish uchun Belgradga tashrif buyurdi.
"Belgradda vengriyalik do‘stlarimiz Viktor Orban va Peter Siyyartoni kutib olish doimo katta sharaf va mamnuniyat. [Serbiyaning Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri] Sinisha Mali bilan birgalikda biz hozirgi geosiyosiy va mintaqaviy masalalarni, shuningdek, yangi muammolarga yechim topish maqsadida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilmoqdamiz. E’tiborimiz markazida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va energetika xavfsizligi masalalari turibdi," - deya o‘zining Instagram sahifasida yozdi Vuchich.
Orban va Siyartoning tashrifi, ayniqsa, AQSh tomonidan Rossiya neft-gaz sektoriga qarshi yangi sanksiyalar to‘plami bilan bog‘liq. Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya kompaniyalaridan tashqari, NIS ("Serbiya neft sanoati") ham kiritilgan. Uning ishlab chiqarish quvvatlari Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Ruminiya va Vengriyada joylashgan. Serbiya prezidenti sanksiyalarning joriy etilishi Vashingtonning Serbiya hukumatidan NIS kompaniyasidan Rossiya kapitalini chiqarishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri talab qilayotganini anglatishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu jarayon 25 fevralga qadar yakunlanishi lozim.