Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning shaxsiy uchrashuvlar haqidagi murojaatlari muzokaralar uchun zarur shart-sharoit yaratmayotganini bildirdi.
Putinning ta’kidlashicha, Kiyev tomoni doimiy ravishda shaxsiy uchrashuv o‘tkazish tashabbusi bilan chiqmoqda, biroq bunday chaqiriqlardan ko‘p o‘tmay Rossiya hududlariga zarbalar berilayotgani ishonch muhitini zaiflashtirmoqda.
«Zelenskiy bizga o‘sha qog‘ozni yubordi, ular doim “Biz shaxsiy uchrashuvni xohlaymiz” deyishadi. Xo‘sh, keyin-chi? Uch kundan keyin esa Starobelskka zarba berildi. Buni qanday tushunish kerak? Bu yerda shaxsiy uchrashuvlar va muzokaralar uchun qanday asos yoki shart-sharoit bo‘lishi mumkin?» — dedi Rossiya rahbari.
Uning fikricha, bunday harakatlar muzokara jarayoniga yordam bermaydi, aksincha tomonlar o‘rtasidagi ziddiyatni yanada kuchaytiradi.