Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Putin yuqori darajali zobitlarni ishdan bo‘shatdi

Putin yuqori darajali zobitlarni ishdan bo‘shatdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ichki ishlar vazirligi, Tergov qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Adliya vazirligida keng ko‘lamli lavozim almashinuvlarini amalga oshirdi. Ushbu o‘zgarishlar natijasida bir qator yuqori lavozimdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari ishdan olindi.

Putin imzolagan farmonga ko‘ra, ishdan bo‘shatishlar Moskva, Moskva viloyati, Totoriston, Kemerovo va Kirov viloyatlarida amalga oshirildi. O‘rinlarini bo‘shatganlar orasida polisiya boshliqlari, tergov boshqarmalari rahbarlari va federal vazirliklar departamentlari rahbarlari bor.

Ayrimlar pensiya yoshi yoki shaxsiy ariza asosida ishdan ketgan. Ammo ishdan olinganlarning ba’zilari IIVda operativ faoliyat yoki Moskvadagi tergov ishlariga rahbarlik qilgan.

Shu bilan birga, prezident bir qator lavozimlarga tayinlovlar ham amalga oshirdi. Volgograd, Kurgan va Tuva respublikalarida IIV rahbarlari, Saxalin, Respublika Altay va Arxangelsk viloyatlarida Tergov qo‘mitasi rahbarlari almashdi. IIVda iqtisodiy xavfsizlik, migrasiya masalalari va jamoat tartibini muhofaza qilish bo‘yicha yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Prezident farmoni rasman e’lon qilinmagan, ammo rotasiyalar haqidagi ma’lumotlar hududiy manbalar va huquq-tartibot tizimi bilan bog‘liq telegram-kanallar orqali tarqalmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 1457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!