Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi telefon suhbati Rossiya prezidentining yaqin vaqtdagi ish jadvalida belgilanmagan.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Yaqin kunlar jadvalida bunday suhbat yo‘q. Biz bu haqda odatdagidek ma’lumot beramiz", — dedi Peskov jurnalistlarning Rossiya Federasiyasi va AQSh rahbarlari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan telefon muloqoti haqidagi savoliga javob berar ekan.