Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan ehtimoliy uch tomonlama uchrashuvni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Uch tomonlama uchrashuv noyabr oyida Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida tashkil etilishi mumkin.
«Albatta, bunday ehtimol haqida avval ham gapirilgan, va bunday imkoniyat saqlanib qolmoqda», — dedi Peskov.
Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov uchrashuvni o‘tkazish masalasi sammit tashkilotchisi bo‘lgan Xitoy tomoniga bog‘liq ekanini aytgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarni tayyorlash uchun diplomatik ishlar olib borish talab etiladi, biroq bunday uchrashuvning o‘zi foydali bo‘lishi mumkin.