Rossiya prezidenti Sharqiy iqtisodiy forumda so‘zlagan nutqida AQSh va Xitoyni ham o‘z ichiga olgan bir qator davlatlar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, yakunda muammoni mojaro ishtirokchilari — Rossiya va Ukraina hal qilishi kerak.
Putin Ukrainaning so‘nggi harakatlari muzokaralar istiqbolini murakkablashtirayotganini aytdi. U Ukraina tomonidan fuqarolik savdo kemalariga qilingan hujumlar va fuqarolik samolyotlariga zarba berish tahdidlari haqidagi xabarlarni “davlat terrorizmi aktlari” deb atadi.