Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Putin Trampni 9 may paradiga taklif qilmadi

Putin Trampni 9 may paradiga taklif qilmadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampni 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba kuni paradiga taklif qilmadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, tadbirda Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso va boshqa xorijiy mehmonlar ishtirok etadi. Biroq u aniq ro‘yxatni ochiqlamagan.

Kreml taklif etilgan xorijiy rahbarlarning to‘liq ro‘yxatini keyinroq e’lon qilishini bildirgan.

Kiritildi: 21:54 30.04.2026. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!