Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Putin Tramp va Si bilan dunyoni bo‘lib olishni muhokama qilmoqchi

Putin Tramp va Si bilan dunyoni bo‘lib olishni muhokama qilmoqchi



Kreml Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Szinpinning Xitoydagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida uchrashuvini tashkil etish g‘oyasini ilgari surmoqda.
Siyosatshunos Vladimir Fesenko fikricha, Putinning maqsadi 1945 yilgi Yalta konferensiyasiga o‘xshash formatni yaratish — dunyodagi ta’sir doiralari va xalqaro tartibni uch davlat o‘rtasida muhokama qilish.
Kreml Ukrainadagi urush va uning kelajagini Kiyev hamda Yevropa ishtirokisiz muhokama qilishni istamoqda. Biroq AQSh hozircha bunday uch tomonlama formatga rozi emas.

Fesenkoning ta’kidlashicha, Putin Tramp va Sini Rossiyaning Ukraina urushi bo‘yicha shartlarini qo‘llab-quvvatlashga yoki kamida rozi bo‘lishga ko‘ndirishga harakat qilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 16:26. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!