Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Angliyada yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida «Xon» familiyasi yetakchiga aylanishi mumkin

Angliyada yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida «Xon» familiyasi yetakchiga aylanishi mumkin

Angliya va Uelsda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida «Xon» familiyasi kelasi yilning o‘zida eng ko‘p uchraydigan familiyaga aylanib, «Smit»dan o‘zib ketishi mumkin. Bu haqda rasmiy statistikani o‘rgangan The Telegraph nashri tahlilchilari ma’lum qildi.

1996 yilda eng ko‘p tarqalgan familiyalar uchligidan «Smit», «Jons» va «Uilyams» o‘rin olgan. O‘sha yili kuchli o‘ntalikka «Teylor», «Braun», «Devis», «Evans», «Tomas», «Jonson» va «Uilson» ham kirgan.

2025 yilga kelib esa ro‘yxat sezilarli darajada o‘zgargan. «Smit» va «Xon»dan keyingi o‘rinlarni «Ahmad», «Ali», «Jons», «Husayn», «Singx», «Uilyams», «Patel» va «Kaur» familiyalari egallagan.

Buyuk Britaniya Milliy statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch o‘n yillikda yangi tug‘ilganlar orasida «Xon», «Ahmad» va «Ali» familiyalarining uchrash chastotasi qariyb ikki barobar oshgan. Sikxlar orasida keng tarqalgan «Singx» va «Kaur» familiyalari esa kamida besh barobar ko‘paygan.

Shu bilan birga, «Smit» familiyasi hali ham birinchi o‘rinda turibdi. Biroq ushbu familiya bilan ro‘yxatga olingan chaqaloqlar soni 1996 yildagi 7 276 nafardan 2025 yilda 4 102 nafarga kamaygan.

Statistikaga ko‘ra, Angliya va Uelsda familiyalar xilma-xilligi ham ortib bormoqda. 1996 yilda yangi tug‘ilganlar orasida 21 600 dan ortiq turli familiya qayd etilgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 23 400 dan oshgan.

Agar 1996 yilda kamida ming nafar chaqaloqqa berilgan familiyalar soni 57 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda bunday familiyalar soni 23 tani tashkil etgan.

Muhammad o‘g‘il bolalar orasida etakchilik qilmoqda

Ismlar borasida ham o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Buyuk Britaniya Milliy statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad ismi Angliya va Uelsda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar orasida ketma-ket uchinchi yil eng ommabop ism bo‘lib qolmoqda.

2025 yilda aynan «Muhammad» shaklidagi ism 5 957 nafar o‘g‘il bolaga berilgan. Qizlar orasida esa Oliviya ismi ketma-ket to‘rtinchi yil birinchi o‘rinni egallagan.

Kiritildi: 20:55 20.10.2026. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!