Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Putin: Tramp ma’muriyati Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun chin dildan harakat qilmoqda

Putin: Tramp ma’muriyati Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun chin dildan harakat qilmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun jonkuyar va samimiy sa’y-harakatlar qilmoqda.

Bu haqda Putin 15 avgust kuni Ankoridjda o‘tadigan Rossiya–AQSh oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish maqsadi — Ukraina bo‘yicha muzokara jarayoni, ukrain delegasiyasi bilan ikki tomonlama formatdagi muloqot, shuningdek, Rossiyaning hozirgi AQSh ma’muriyati bilan qaysi bosqichda ekani haqida ma’lumot berishdir.

Kiritildi: 18:14 14.08.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!