Vladimir Zelenskiy jurnalistlarga bergan intervyusida Rossiya rahbari Vladimir Putinning qo‘rquvlari haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Putin hokimiyatini yo‘qotishdan qo‘rqadi va bu bir tomondan Rossiya jamiyatidagi barqarorlikka, ikkinchi tomondan esa uning yoshiga bog‘liq.
"U tez orada vafot etadi, bu fakt, va hammasi tugaydi", — deya ta’kidladi Ukraina yetakchisi Eurovision News jurnalistlari bilan suhbatda.
Biroq Zelenskiy nima sababdan 72 yoshli Putin "tez orada" vafot etishini aytayotganini izohlab o‘tmagan. Jurnalistlar ham bu borada aniqlik kiritmagan.