Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Putin Qrimga bordi

Putin Qrimga bordi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2014 yilda anneksiya qilingan Qrimga bordi. Bu haqda Kreml axborot xizmati xabar bermoqda.

Putin Sevastopoldagi «Xersones Tavricheskiy» tarixiy-arxeologik parkka bordi. Qisqa muddatli ekskursiyada Putinga Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev hamda yana bir ruhoniy hamrohlik qilgan.

Putinga hududdagi «Artek»ning filiali bo‘lmish «Korsun» bolalar markazini ham ko‘rsatishdi. Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayevning aytishicha, Putinning tashrifi rejalashtirilmagan va u «ajablantirishni biladigan» odam. Rossiya prezidenti ekskursiya tugagach, mashina ruliga o‘zi o‘tirib uni haydab ketdi.

Putin Qrimga oxirgi marta uch yil avval borgandi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan buyon Putin biror marta yarimorolga bormagandi. Ma’lumot uchun, Ukrainaga tegishli Qrim avtonomiyasi 2014 yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan.

Kiritildi: 23:51 18.03.2023. O'qildi: 5090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!