Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Vladimir Putin 2026 yil oxirigacha Federal majlisda chiqish qilishi rejalashtirilmagan.
Rossiya Konstitusiyasiga ko‘ra, Putin har yili mamlakatdagi holat hamda ichki va tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida murojaatnoma bilan chiqishi shart. Putin oxirgi marta 2024 yil fevral oyidagi saylovlardan oldin Federal majlisga murojaat qilgan edi.