Rossiya Federal xavfsizlik xizmati boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishida Vladimir Putin idora xodimlarini Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhlariga qo‘shilgan xoinlarni unutmaslikka chaqirdi.
Rossiya rahbari bu jinoyatchilarni nomma-nom topib, da’vo muddatisiz jazolash zarurligini ta’kidladi.
"Bizning tariximizda hamisha shunday bo‘lgan, xoinlarning ism-shariflarini aniqlash va qayerda va qachon bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning jinoyatlari da’vo muddatisiz jazolanadi", - dedi Rossiya prezidenti.