Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi (PMEF) chiqishida jahondagi vaziyatni juda tarang deb baholadi. U Ukraina va Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar ortib borayotgani fonida uchinchi jahon urushi boshlanishi ehtimoli borligidan xavotir bildirdi.
«Albatta, nizolar xavfi katta, u ortib bormoqda. Bu holat biz uchun bevosita ahamiyatga ega», — dedi Putin.
U yana NATOni «aqlga to‘g‘ri kelmaydigan kengayish»da aybladi va alyans Rossiya xavfsizligiga oid qonuniy manfaatlarni inkor qilgan holda «neokolonial yo‘l» tutayotganini ta’kidladi.
Putin, shuningdek, Eron Oliy rahbari Oyatullo Aliy Xomanaiyga qarshi go‘yoki tayyorlanayotgan so‘ylashtirish harakati haqidagi xabarlarga ham izoh berdi: «Umid qilaman, bu faqatgina ritorika. Agar bu kabi tahdidlar amalga oshirilsa, oqibati fojiali bo‘ladi», — dedi u.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Donald Tramp Rossiya tomonidan Eronning Busher shahridagi AESdagi xodimlar xavfsizligiga kafolat berish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga va’da berganini ma’lum qildi. Lekin bu kelishuvlar bo‘yicha aniq tafsilotlarni keltirmadi.