Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

«PSJ» Vinisius transferi bilan «Real»dan o‘ch olmoqchi

«PSJ» Vinisius transferi bilan «Real»dan o‘ch olmoqchi

"PSJ" yashirin ravishda Vinisius Junior transferini tayyorlamoqda. Braziliyalik futbolchining vakillari bilan dastlabki muloqotlar allaqachon o‘tkazilgan.

Vinisius Yevropaning yetakchi klubida asosiy o‘yinchi bo‘lishi kutilmoqda. Jamoaning o‘yin uslubi aynan Vini atrofida shakllantirilishi rejalashtirilgan.

Braziliyalik futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2027 yil yozida tugaydi - transfer aynan shu paytda amalga oshirilishi kerak. Shuningdek, klub rahbariyati Vinisius Luis Enrike bilan hamkorlik qila olmasligini tushunadi. O‘sha vaqtga kelib murabbiyning jamoani tark etishi kutilmoqda. Vini uchun mos keladigan mutaxassis tanlanadi.

Bu transfer 2024 yilda Kilian Mbappening "PSJ"dan tekinga "Real"ga o‘tganiga javob bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:24 15.11.2025. O'qildi: 1050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!