Fransiya chempioni va Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” tarkibini kuchaytirish masalasida bosh qotirmoqda.
El Nacional nashrining xabar berishicha, Fransiya grandi e’tiborini “Real”ning asosiy markaziy himoyachisi Antonio Ryudigerga qaratdi. Nemis futbolchisining “Qirollik klubi” bilan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida tugaydi.
Agar madridliklar 32 yoshli futbolchi bilan yangi bitim imzolamasa, Parij superklubi tajribali o‘yinchini erkin agent maqomida bepul o‘z safiga qo‘shib olish imkoniga ega bo‘ladi.
Qayd etilishicha, PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifi Ryudigerga jozibali moliyaviy shartlar taklif qilishga tayyor.
Transfermarkt portali Ryudigerning transfer qiymatini 12 million yevro, deb baholamoqda.