Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

«PSJ» «Oltin to‘p» uchun nomzodlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

«PSJ» «Oltin to‘p» uchun nomzodlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

«PSJ» klubi «Oltin to‘p» uchun nomzodlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, fransuz grandining 10 nafar futbolchisi mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan mukofotga da’vogar bo‘ldi.

«PSJ»dan nomzodlar:

  1. Usmon Dembele
  2. Xvicha Kvarasxeliya
  3. Ashraf Hakimiy
  4. Markinyos
  5. Nuno Mendesh
  6. Joau Nevesh
  7. Uilyam Pacho
  8. Fabian Ruis
  9. Vitinya
  10. Ferran Torres — o‘tgan yozda «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tgan.

Avvalgi rekord ham «PSJ»ga tegishli edi. O‘tgan yili parijliklarning 9 nafar futbolchisi «Oltin to‘p» uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.

Qayd etish joiz, Usmon Dembele «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi hisoblanadi. Xvicha Kvarasxeliya esa Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida eng yaxshi futbolchi deb topilgan.

Fabian Ruis — o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi va Jahon chempionatida g‘olib chiqqan yagona nomzod.

Kiritildi: 22:11 08.09.2026. O'qildi: 692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!